“Do‘stlik festivali” ishtirokchilari Savitskiy muzeyiga sayohat qildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida o‘tkazilayotgan “Do‘stlik festivali” doirasida Toshkent shahri va viloyatlardagi oliy ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan talaba-yoshlar poytaxtimiz Nukus shahrida joylashgan dunyoga mashhur I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyiga sayohat qildi.
Mehmonlar muzeydagi eksponatlar bilan tanishib, qoraqalpoq xalqining boy tarixi va madaniyati haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldi.
NukusDPI matbuot xizmati.
