NukusDPIda “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”ning yengil atletika bo‘yicha musobaqalari bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi doirasida yengil atletika bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi.

Talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish va mahoratli sportchilarni aniqlash maqsadida tashkil etilgan musobaqalarda barcha oliy ta’lim muassasalaridan sportchi yoshlar ishtirok etdi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, diplom hamda medallar bilan taqdirlandi.

G‘oliblar respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

NukusDPI matbuot xizmati.