“Do‘stlik festivali” – Yangi O‘zbekiston yoshlarining do‘stlik va og‘zibirchilik bayrami

Joriy yilning 12-14-may kunlari Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida muhtaram Prezidentimiz rahbarligida Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng targ‘ib qilish, yoshlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik munosabatlarini yanada mustahkamlash maqsadida Toshkent shahri hamda viloyatlardagi oliy ta’lim muassasalaridan kelgan 400 dan ortiq talaba-yoshlar ishtirokida “Do‘stlik festivali” yuqori saviyada tashkil etildi.

Festival doirasida turli ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, madaniy tadbirlar, sport musobaqalari, ijodiy kechalar, bayram konserti va ochiq muloqotlar o‘tkazildi. Tadbirlarda mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ta’lim tizimidagi islohotlar, hududlarni kompleks rivojlantirish va millatlararo totuvlikni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Festival davomida turli hududlardan kelgan talaba-yoshlar o‘zaro fikr almashib, o‘quv jarayoni, institutda yaratilgan sharoitlar, shu bilan birga, milliy qadriyatlar, urf-odatlar va madaniy an’analar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Bunday festival va uchrashuvlar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ularni Vatanga sadoqat, millatlararo do‘stlik va bag‘rikenglik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega loyihadir.

“Do‘stlik festivali” talaba-yoshlarda unutilmas taassurot qoldirib, yoshlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik, do‘stlik va og‘zibirchlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

NukusDPI matbuot xizmati.