NukusDPI talabasi Ejemaya Bazarbayeva “Talaba yugur” ommaviy marafonining respublika bosqichida faxrli o‘rinni egalladi

Joriy yilning 17-may kuni Toshkent shahrida oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida “Talaba yugur” ommaviy marafonining respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Quvonarlisi, ushbu ommaviy marafonda ayollar o‘rtasida 5 kilometr masofaga yugurish bo‘yicha Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi talabasi Ejemaya Bazarbayeva faxrli 2-o‘rinni egalladi va diplom, medal hamda 8 000 000 so‘m miqdoridagi mukofot sovrindori bo‘ldi.

Sportchini musobaqaga murabbiyi A.Jumanov tayyorladi.