Bitiruvchilarga ulkan muvaffaqiyatlar tiladi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektori v.b. Quvondiq Qodirov Nukus shahridagi 16-son umumta’lim maktabida tashkil etilgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
Tadbir davomida bitiruvchi yoshlar, ularning ota-onalari hamda ustoz-murabbiylarga samimiy tilaklar bildirildi. Shuningdek, institut rahbari mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sifatli ta’lim va munosib tarbiya berishga qaratilayotgan e’tibor haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Tadbirning tantanali qismida Quvondiq Qodirov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan bitiruvchilarga yo‘llangan tabrik o‘qib eshittirildi. Unda yoshlarni Vatanga sadoqat, yuksak maqsadlar sari intilish, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallashga da’vat etuvchi ezgu tilaklar o‘z ifodasini topgan.
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tib, bitiruvchilar uchun unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi.
