Qurbon hayiti bayramida nuroniy ustozlarning holidan xabar olindi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti kasaba uyushmasi qo‘mitasi va fakultetlarning tegishli mutasaddilari muborak Qurbon hayiti bayramida institutda ko‘p yillar davomida kelajak avlodlarga ta’lim-tarbiya bergan, hozirgi vaqtda nafaqada bo‘lgan nuroniy ustozlarning holidan xabar oldi.
Ularga kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan bayram sovg‘alari topshirilib, yoshi ulug‘ ustozlardan duolar olindi.
