1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

Bolalar – bizning kelajagimiz, ezgu ishlarimizning davomchilari, kelajakka bo‘lgan umidimiz. Bolalar – tinchlik, mehr-oqibat, baxtli hayot ramzidir.
Bu sana 1949-yildan beri dunyoning ko‘plab mamlakatlarida nishonlanadi. Ilk bor 1950-yildan boshlab nishonlangan Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni dunyoning eng chekka hududlarida ham bolalarga quvonch ulashuvchi bayram bo‘libgina qolmay, kichik yoshdagi bolalarning huquqlarini himoya qilish, ularga g‘amxo‘rlik qilishga undaydigan bayram hisoblanadi.
Bolalar xuddi oq qog‘ozga o‘xshaydi. Ularning taqdiri tarbiyalayotgan odamlarning qo‘lida.
Har bir bola baxtli bolalikka loyiq. Bolalarni himoya qilish – har birimizning muqaddas burchimizdir.
Bugungi bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin, aziz bolajonlar!
NukusDPI matbuot xizmati.