NukusDPI jamoasi “Intellektual haftalik” turnirining respublika bosqichida ishtirok etmoqda

Joriy yilning 1-3-iyun kunlari oralig‘ida Toshkent shahrida joylashgan “Zakovat Arena”da “Intellektual haftalik” turnirining respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Turnirda hududiy bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 50 ta oliy ta’lim muassasasi jamoalari orasida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining bilimli, zukko va iqtidorli talaba-yoshlaridan tuzilgan “Ziyoli yoshlar” jamoasi a’zolari ham ishtirok etmoqda.
Jamoa a’zolari “Zakovat”, “Shaxsiy o‘yin” va “Breyn-ring” intellektual o‘yinlarida qatnashib, yaxshi natijalarga erishmoqda.
NukusDPI matbuot xizmati.
