Geografiya ta’lim yo‘nalishi talabalari malakaviy amaliyot ishlarini olib bordi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti geografiya ta’lim yo‘nalishining 2-kurs talabalari poytaxtimiz Nukus shahri va uning atrofi, shuningdek, Amudaryo, Beruniy, Ellikqal’a va Taxtako‘pir tumanlarida ixtisoslik kompleks geografik amaliyot ishlarini olib bordi.

Dastlab fakultetda metodistlar va amaliyotchilar ishtirokida amaliyot vazifalariga bag‘ishlangan amaliy-uslubiy konferensiya tashkil etildi.

Amaliyot davomida talabalar amaliyot o‘tkaziladigan joyning landshaftlarini, iqlimiy, suv, yer, mineral, biologik va rekreatsion resurslarini baholashni o‘rgandi.

Shu bilan birga, turizm geografiyasi, transport geografiyasi va boshqa sohalar, sanoat-ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlari, aholi va mehnat resurslari bo‘yicha nazariy bilimlarini mustahkamladi.