“Ziyoli yoshlar” jamoasi g‘olib bo‘ldi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Zakovat” klubi tomonidan o‘quvchi va talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan intellektual o‘yinda institutimizning “Ziyoli yoshlar” jamoasi 1-o‘rinni egallab, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
G‘olib jamoa a’zolariga “UzChess”, “UstozAI” va “Mutolaa” platformalaridan foydalanish uchun vaucherlar sovg‘a qilindi.
