Bitiruvchi talabalar va magistrantlarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida bitiruv malakaviy ishlari hamda magistrlik dissertatsiyalari himoyalari jarayonida o‘z farzandlarining ta’lim-tarbiyasiga munosib hissa qo‘shib, ularning bilimli, vatanparvar va barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishida fidoyilik ko‘rsatgan ota-onalarga tashakkurnomalar topshirildi.
Tadbir davomida institut mas’ullari tomonidan farzandlarining yutuqlari ortida ota-onalarning mehnati, e’tibori va qo‘llab-quvvatlovi muhim o‘rin tutishi alohida ta’kidlandi. Yillar davomida farzandlarining ta’lim olishi uchun yaratilgan sharoit, ularga bildirilgan ishonch va g‘amxo‘rlik bugungi muvaffaqiyatlarning mustahkam poydevori ekani qayd etildi.
Tashakkurnomalar namunali xulqi, o‘qishdagi faolligi va erishgan yutuqlari bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bitiruvchi talabalar hamda magistrantlarning ota-onalariga tantanali ravishda topshirildi.
Mazkur e’tirof ota-onalarga bildirilgan chuqur minnatdorlik ifodasi bo‘lib, yosh avlodni har tomonlama yetuk insonlar etib tarbiyalash yo‘lidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
NukusDPI matbuot xizmati.
