Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari bitiruv malakaviy ishlarini himoya qildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakultetini joriy o‘quv yilida bakalavriatning jismoniy madaniyat, shuningdek, maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha jami 224 talaba tamomlamoqda.

Shundan 181 nafar talaba davlat attestatsiya imtihonini topshirgan bo‘lsa, 43 nafar talaba bitiruv malakaviy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Himoya jarayonlarida talabalar jismoniy tarbiya va sport sohasining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan mavzular bo‘yicha olib borgan izlanishlari, amaliy tajribalari va ishlab chiqilgan takliflari bilan tanishtirdilar. Bitiruv malakaviy ishlari davlat attestatsiya komissiyasi a’zolari tomonidan belgilangan mezonlar asosida baholandi.

NukusDPI matbuot xizmati.