25-iyun – onlayn ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni!

Bugun, 25-iyun kuni davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanadi.
Abituriyentlar bugun (25-iyun) soat 23:59 gacha Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz platformasi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – my.gov.uz orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tishda faqat test sinovida qatnashadigan abituriyentlar:
– fanlar majmuasi;
– ta’lim tili;
– test topshirish hududi;
Kasbiy (ijodiy) imtihonlarda qatnashadigan abituriyentlar:
– ta’lim tili;
– test topshirish hududi;
– alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishi;
– kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan oliygohni belgilaydi.
Foydali havolalar:
Bakalavr ta’lim yo‘nalishlari uchun fanlar majmuasi;
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma.
NukusDPI matbuot xizmati.