“Ziyoli yoshlar CUP” intellektual turniri g‘oliblari taqdirlandi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Yoshlar oyligi” va “Dolzarb 90 kun” doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha o‘tkazilgan “Ziyoli yoshlar CUP” turniri g‘oliblari taqdirlandi.
Turnir yakuniga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar aniqlandi:
1-o‘rin – “Griffindor” jamoasi (Tarix fakulteti);
2-o‘rin – “Apeyron” jamoasi (Aniq fanlar fakulteti);
3-o‘rin – “Intellekt” jamoasi (Filologiya fakulteti).
G‘olib va sovrindorlar diplom, shuningdek, kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan sovg‘alar bilan taqdirlandi.
NukusDPI matbuot xizmati.
