“Shaxsiy o‘yin” intellektual o‘yini bo‘yicha “Rektor kubogi” turniri g‘oliblari taqdirlandi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Yoshlar oyligi” va “Dolzarb 90 kun” doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida “Shaxsiy o‘yin” intellektual o‘yini bo‘yicha o‘tkazilgan “Rektor kubogi” turniri g‘oliblari taqdirlandi.
Turnir yakuniga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar aniqlandi:
1-o‘rin – Nurjan Bayniyazov (Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti);
2-o‘rin – Asilbek Balibayev (Tarix fakulteti);
3-o‘rin – Sultan Arzibayev (Tarix fakulteti).
G‘olib va sovrindorlar diplom, shuningdek, kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan sovg‘alar bilan taqdirlandi.
NukusDPI matbuot xizmati.
