Institut Kengashining joriy o‘quv yilidagi yakuniy majlisi bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Kengashining 2025-2026-o‘quv yilidagi yakuniy majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisni institut rektori v.b. Quvondiq Qodirov olib bordi.

Kun tartibiga muvofiq, majlisda tanlov ishlari, ijro intizomi, fuqarolarning yozma va og‘zaki murojaatlari, talabalar va ularning ota-onalaridan kelib tushgan takliflar, arizalarning ko‘rib chiqilishi, 2025-2026-o‘quv yilining yakunlari, joriy yilning yanvar-iyun oylari oralig‘ida professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish rejasining bajarilishi, o‘quv yilida talabalarning malakaviy-pedagogik amaliyotining yakunlari, tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning yarim yillik ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, moliya va iqtisodiyot sohasi ishlarining yakunlari hamda istiqboldagi rejalar, ilmiy unvonlarga talabgor professor-o‘qituvchilarning hujjatlarini Oliy attestatsiya komissiyasiga taqdim etish, shuningdek, boshqa joriy masalalar muhokama qilindi.

Majlisda ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

NukusDPI matbuot xizmati.