NukusDPIda kasbiy (ijodiy) imtihonlar 7-8-iyul kunlari o‘tkaziladi (imtihon jadvali)

2026-2027-o‘quv yili qabulida kasbiy (ijodiy) imtihoni bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun imtihonlar Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2026-yilning 7-8-iyul kunlari o‘tkazilishi belgilandi.
Abituriyentlar kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili haqida ma’lumotlarni my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabineti orqali bilib olishlari mumkin.
Yuqoridagilarni inobatga olib, abituriyentlardan:
– o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali kasbiy (ijodiy) imtihonlarda qatnashish ruxsatnomasini yuklab olishi;
– ruxsatnomada belgilangan muddat va manzilga imtihon boshlanishidan bir soat oldin yetib kelishi so‘raladi.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar jadvalini yuklab oling
NMPI kásiplik (dóretiwshilik) imtixanlar kestesi 2026-2027
NukusDPI matbuot xizmati.
