60111500 – Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi

60111500 – Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi
2026-2027-o‘quv yili qabulida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida o‘tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlar jadvali tasdiqlandi.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar shu yilning 7-8-iyul kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Imtihonlar quyidagi ko‘rsatilgan joylarda o‘tkaziladi:
60111500 – Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi uchun:
Manzil: Nukus shahri, P.Seytov ko‘chasi raqamsiz uy, NukusDPI 2-sonli o‘quv binosi sport zali;
Geolokatsiya: https://yandex.uz/maps/-/CTerVE7x
Eslatma:
Abituriyent imtihonga belgilangan vaqtdan bir soat oldin kelishi, o‘zi bilan fuqarolik pasporti (yoki ID-kartasi) va abituriyent ruxsatnomasini olib kelishi shart.
Belgilangan vaqtdan kechikkan abituriyent imtihonga kiritilmaydi va keyingi imtihonga o‘tkazilmaydi.
Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha imtihon topshiradigan abituriyentlar sport formasida bo‘lishi shart.
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha abituriyentlar “Rangtasvir” fanidan akvarel bo‘yoqlari va mo‘yqalamlarini (kistochka), “Chizmachilik” fanidan sirkullari va kerakli anjomlarini o‘zlari bilan olib kelishlari shart.
Musiqa ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha abituriyentlar “Cholg‘u ijrochiligi” fanidan cholg‘u asboblarini o‘zlari bilan olib kelishi shart.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari bo‘yicha apellyatsiya shikoyatlari imtihon natijalari e’lon qilingan kundan e’tiboran 24 soat ichida qabul qilinadi.
NukusDPI matbuot xizmati.