NukusDPI yoshlari Jo‘qorg‘i Kenges Raisining o‘rinbosari bilan uchrashuvda rag‘batlantirildi

Qo‘ng‘irot tumanida 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining o‘rinbosari Radjapbay Nurazizovning faol talaba-yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda mamlakatimizda yaratilgan sharoit va imkoniyatlardan samarali foydalanib, tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh yoshlar munosib rag‘batlantirildi.

Quvonarlisi, ular orasida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti biologiya mutaxassisligining 1-kurs magistranti, BMT Taraqqiyot dasturining grantlar tanlovi, shuningdek, Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyasi g‘olibi Lobarxon Yuldashova va boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishining 4-kurs talabasi, ko‘plab respublika va xalqaro tanlovlar, shuningdek, Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyasi g‘olibi Shahzoda Kaliknazarova Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi o‘rinbosarining tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

NukusDPI matbuot xizmati.