NukusDPIda o‘tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni onlayn rejimda kuzatib borishingiz mumkin

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2026-2027-o‘quv yili qabuli uchun o‘tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni internet orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn rejimda kuzatib borish imkoniyati yaratildi.
Buning uchun quyida ko‘rsatilgan tegishli havoladan foydalansangiz bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida kasbiy (ijodiy) imtihoni bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun imtihonlar 2026-yilning 7-8-iyul kunlari o‘tkazilishi belgilangan.
NukusDPI matbuot xizmati.