Kasbiy (ijodiy) imtihonlarni adolatli o‘tkazish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi

Xabaringiz bor, joriy yilning 7-8-iyul kunlari Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2026-2027-o‘quv yili uchun qabulda bakalavriatning alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tadi.

Bugun, 6-iyul kuni institutda imtihonlarni yuqori darajada, adolatli va belgilangan talablar asosida o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda institut rektori v.b. Quvondiq Qodirov, qabul komissiyasi mas’ullari, imtihonlarni tashkil etish maqsadida tegishli vazirlik va tashkilotlardan biriktirilgan mutaxassislar, bo‘limlarning mas’ul vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida imtihon jarayonlarining shaffofligi va xolisligini ta’minlash, abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun zarur sharoitlarni yaratish, baholash mezonlariga qat’iy rioya qilish va boshqa tashkiliy masalalarni puxta yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Ta’kidlanganidek, institutda kasbiy (ijodiy) imtihonlarni adolatli tarzda, shaffoflik va qonuniylik tamoyillari asosida o‘tkazish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.

NukusDPI matbuot xizmati.