Namanganda pedagogik ta’lim istiqbollariga bag‘ishlangan ta’lim forumi tashkil etildi

Bugun, 7-iyul kuni Namangan davlat pedagogika institutida “Yangi O‘zbekistonda pedagogik ta’lim arxitekturasini yaratishning dolzarb masalalari” mavzusidagi ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi.
Forumda respublikamizdagi pedagogika oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, vazirlik va mahalliy hokimlik vakillari, taniqli olimlar va soha mutaxassislari ishtirok etdi.
Tadbirda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektori v.b. Quvondiq Qodirov ham ishtirok etib, pedagogik ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish, ilmiy-metodik hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish bo‘yicha muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
Mazkur forum pedagogik ta’lim tizimida yangi yondashuvlarni belgilash, ilg‘or tajribalarni keng ommalashtirish va 2026-2027-o‘quv yiliga mo‘ljallangan ustuvor vazifalarni muhokama qilishda muhim muloqot maydoni bo‘lib xizmat qilmoqda.
NukusDPI matbuot xizmati.
