SAT sertifikatiga ega abituriyentlar diqqatiga!

“Scholastic Aptitude Test – SAT” sertifikatiga ega abituriyentlar uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratish maqsadida test sinovlarida ishtirok etish bo‘yicha ruxsatnomalar taqdim etilgan. Xususan:

1-imkoniyatda abituriyent SAT sertifikati bali asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri tanlovda ishtirok etishi mumkin.

2-imkoniyatda esa abituriyent test sinovida ishtirok etib, test sinovida to‘plagan bali bilan umumiy tartibda yoki SAT sertifikati bali bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri tanlovda ishtirok etishi mumkin.

SAT sertifikatiga ega abituriyentlar uchun ikkala imkoniyat ham teng kuchli bo‘lib, tanlov abituriyent ixtiyoriga qoldirilgan.

SAT sertifikatining mavjudligi abituriyent uchun test sinovida ishtirok etishni taqiqlamaydi va bunday ishtirokni majburiy ham qilmaydi.

Batafsil ma’lumot shu yerda https://t.me/eduuz/48359