“Qalqon” guruhi a’zolari va volontyor yoshlarga minnatdorlik bildirildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2026-2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonida bakalavriatning alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga kasbiy (ijodiy) imtihonlar yuqori darajada tashkil etildi.
Ushbu jarayonda tashkiliy va boshqa ishlarda alohida faollik ko‘rsatgan institutning “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari, shuningdek, volontyor yoshlarga Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.
Yoshlar yetakchisi Yerniyaz Qasimov faol yoshlar bilan uchrashuvda kasbiy (ijodiy) imtihonlarning o‘z vaqtida, shaffof va adolatli o‘tishida ularning xizmatlarini e’tirof etib, institut rektorati va qabul komissiyasi nomidan minnatdorlik bildirdi.
NukusDPI matbuot xizmati.
