NukusDPIda ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun o‘tkaziladigan kirish imtihonlari jadvali tasdiqlandi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2026-2027-o‘quv yiliga qabul jarayonida ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun kirish imtihonlari shu yilning 21-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Jadval asosida ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun mutaxassislik fanlaridan imtihon soat 08:30 da, majburiy fanlardan imtihon soat 15:00 da o‘tkazilishi belgilandi.

Imtihonlar Nukus shahri P.Seytov ko‘chasi raqamsiz uyda joylashgan institutning 5-sonli o‘quv binosida (Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti) o‘tkaziladi.

Quyidagi havola orqali ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun o‘tkaziladigan kirish imtihonlari jadvalini PDF formatda yuklab olishingiz mumkin.

NMPI kózi ázzi abiturientler ushın ótkeriletuǵın kiriw imtixanlarınıń kestesi 2026-2027 (QÁNIGELIK PÁNLER) 

NMPI kózi ázzi abiturientler ushın ótkeriletuǵın kiriw imtixanlarınıń kestesi 2026-2027 (MÁJBÚRIY PÁNLER)

Ma’lumot o‘rnida, abituriyentlar imtihonga pasport (ID-karta) va abituriyent qayd varaqasini o‘zi bilan olib kelishi shart.

Belgilangan vaqtdan kechikkan abituriyentlar imtihonga kiritilmaydi va keyingi imtihonga yuborilmaydi.

NukusDPI matbuot xizmati.