NukusDPI o‘qituvchilari va doktorantlari Malayziyada o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

Malayziyaning Linkoln universitetida IV Xalqaro “Global ta’lim” konferensiyasi tashkil etildi.

Xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va ta’lim sohasidagi muammolarga yechim topishga qaratilgan konferensiyada Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari – Gulzira Qidirbayeva, Farida O‘tenova, shuningdek, tayanch doktorant Aynura O‘teuliyevalar ham o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

Konferensiya yakunida barcha ishtirokchilar xalqaro darajadagi sertifikat bilan taqdirlandi.