“TalabaExpo – 2026” kasb ko‘rgazmasi – yoshlar uchun keng imkoniyatlar maydoni

Avval xabar berganimizdek, poytaxtimiz Nukus shahrida bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, ularning kasbiy yo‘nalishini aniqlash va biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “TalabaExpo – 2026” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazma doirasida “O‘zmilliybank” AJ “Kelajakka qadam” markazi tomonidan yoshlar o‘rtasida imtiyozli kreditlar va moliyaviy savodxonlikni targ‘ib qilish maqsadida seminar-treninglar, motivatsion uchrashuvlar tashkil etildi.
Shu bilan birga, “Kelajakka qadam” dasturi doirasida imtiyozli kredit olib, o‘z tadbirkorliklarini yo‘lga qo‘yayotgan bir guruh bitiruvchi talabalarga vaucherlar topshirildi.
Tadbirda oliy ta’lim muassasalarining faol talaba-yoshlari hamda ko‘rgazmani yuqori saviyada tashkil etishga hissa qo‘shgan korxona, tashkilotlar, oliy ta’lim muassasalariga tashakkurnoma va sovg‘alar topshirildi.
NukusDPI matbuot xizmati.
