NukusDPI jamoasi va talabalari “TalabaExpo – 2026” kasb ko‘rgazmasida faol ishtirok etdi

Joriy yilning 28-iyul kuni poytaxtimiz Nukus shahrida O‘zbekiston Milliy bankining “Kelajakka qadam” dasturi doirasida “TalabaExpo – 2026” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining tegishli mas’ullari va talabalari ko‘rgazmani yuqori saviyada tashkil etish hamda o‘tkazish ishlarida faol ishtirok etdi.

Tadbirda faol ishtirok etganlar “O‘zmilliybank” AJ “Kelajakka qadam” markazi tomonidan tashakkurnoma va sovg‘alar bilan taqdirlandi.

NukusDPI matbuot xizmati.