30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni

Bu kun 2011-yil 3-mayda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan e’lon qilingan.
Bu haqda qabul qilingan rezolyutsiyada “xalqlar, davlatlar, madaniyatlar va odamlar o‘rtasidagi do‘stlik, tinchlikni ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni ilhomlantirishi va madaniy xilma-xillikni hurmat qiladigan jamiyatlar o‘rtasida ko‘priklar yaratish imkoniyatini yaratishi mumkin” deb ta’kidlangan.
Bugungi kunda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 13 mingdan ziyod talaba-yoshlar tahsil olmoqda. Ta’lim 5 tilda olib boriladigan o‘quv dargohimizda qoraqalpoq, o‘zbek, qozoq, turkman, rus, ukrain, koreys, qirg‘iz, tojik, ozarbayjon, boshqird, uyg‘ur va tatar kabi jami 11 millatga mansub talabalar bir oilaning farzandlaridek, ahillikda o‘qimoqda.
Bugungi bayram bilan barcha yurtdoshlarimizni, aziz xalqimizni chin yurakdan tabriklaymiz!
NukusDPI matbuot xizmati.
