Magistraturaga hujjatlar qabuli bugun yakunlanadi

Xabaringiz bor, 2026-2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni joriy yilning 1-iyul kunidan vazirlikning rasmiy https://my.edu.uz/ platformasi orqali amalga oshirilmoqda.
Bugun, 30-iyul – davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hujjatlarni qabul qilishning so‘nggi kuni.
Eslatib o‘tamiz, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda xorijiy tillarni bilish bo‘yicha belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega talabgorlar ishtirok etishi mumkin.
Kerakli hujjatlar:
1️⃣Bakalavr diplomi;
2️⃣Chet tilini bilish sertifikati.
Quyidagi talabgorlardan chet tilini bilish sertifikati talab etilmaydi:
1️⃣Tegishli yutuqlari mavjud;
2️⃣Nogironlik ma’lumotnomasi mavjud (koʻrish, eshitish va nutqida nuqsoni boʻlgan shaxslar);
3️⃣Bakalavriat ta’lim dasturini xorijiy tilda tamomlagan talabgorlar.
NukusDPI magistratura mutaxassisliklariga qabul kvotalari
🔴MAGISTRATURAga kirish uchun talab etiladigan chet tili sertifikatlarining mutaxassisliklar kesimida ROʻYXATI
🔴MAGISTRATURAga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlari ROʻYXATI
🔴MAGISTRATURAga qabulda onlayn ro‘yxatdan o‘tish uchun VIDEOQO‘LLANMA
NukusDPI matbuot xizmati.