Poytaxtimizda mehnat va tadbirkorlik yarmarkasi tashkil etildi

Bugun, 4-avgust kuni poytaxtimiz Nukus shahridagi “Do‘stlik” kanali bo‘yida mehnat va tadbirkorlik yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
Ishsiz fuqarolar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar vakillari, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlar bandligiga ko‘maklashish, ularning uy sharoitida o‘z ishini yo‘lga qo‘yishiga zamin yaratish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbirda muassasa, korxona va tashkilotlar mutasaddilari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Yarmarka “Bo‘sh ish o‘rinlari pavilyoni”, “Imtiyozli kreditlar va bank xizmatlari pavilyoni”, shuningdek, “Texnikumlar va oliy ta’lim muassasalari pavilyoni” asosida o‘z ishini davom ettirdi.
NukusDPI matbuot xizmati.
