5-avgust – davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish uchun onlayn ariza yuborishning so‘nggi kuni

2026-2027-o‘quv yili uchun respublikamizdagi davlat oliy ta’lim muassasalariga talabalarning o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha onlayn ariza yuborish bugun, 5-avgust kuni yakunlanadi.

Eslatib o‘tamiz, arizalar quyidagi elektron platformalar orqali bugun soat 23:59 gacha onlayn tarzda qabul qilinadi:

➖ikkita uzrli sababga ko‘ra respublikaning bir davlat oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliy ta’lim muassasasiga yoki bir oliy ta’lim muassasasi doirasida – transfer.edu.uz yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan – my.gov.uz orqali;

➖xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga – my.uzbmb.uz platformasi orqali.

NukusDPI matbuot xizmati.