O‘qish muddati 3 yillik etib belgilangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-fevraldagi “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan pedagogik ta’lim sohasining quyidagi ko‘rsatilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qish muddati 3 yil etib belgilangan:

➖Musiqa ta’limi;

➖Jismoniy madaniyat;

➖Texnologik ta’lim;

➖Chaqiriqqacha harbiy ta’lim;

➖Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;

➖Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport.

Ushbu tartib faqat bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli uchun amal qiladi.

NukusDPI matbuot xizmati.