Davlat xaridlarida qonunchilik talablariga rioya etish masalalari muhokama qilindi

Bugun, 10-avgust kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektori v.b. Q.Qodirov tomonidan davlat xaridlarini amalga oshirishda qonunchilik talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash maqsadida institutning davlat xarid komissiyasi a’zolari hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda asosiy e’tibor davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida amaldagi qonunchilik talablariga, xarid tartib-taomillariga, belgilangan mezon va muddatlarga qat’iy rioya qilish, xaridlarning ochiqligi, shaffofligini ta’minlash hamda budjet mablag‘laridan samarali va oqilona foydalanish zarurligi ta’kidlab o‘tildi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida davlat xaridlarini amalga oshirishda mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
NukusDPI matbuot xizmati.
