1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga!

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish xizmati 1-bosqich talabalari uchun ham ishga tushirildi.

18-avgustdan 2026-2027-o‘quv yilida 1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza topshirishlari mumkin.

Talabalar turar joylariga joylashtirish belgilangan tartib va mavjud o‘rinlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Eslatma: reglamentga muvofiq, dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida taqsimlanadi. Jumladan 1-kurs talabalari uchun 55 – 65 foizgacha joy ajratiladi.

NukusDPI matbuot xizmati.