NukusDPIda ikkinchi mutaxassislikka qabul uchun o‘tkaziladigan suhbat jadvali tasdiqlandi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutiga 2026-2027-o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul uchun suhbat shu yilning 27-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Ikkinchi mutaxassislikka qabul uchun o‘tkaziladigan suhbat jadvalini quyidagi havola orqali PDF formatda yuklab olishingiz mumkin.
NMPI ekinshi qánigelikke qabıllaw ushın sáwbet kestesi 2026-2027
Eslatma: Talabgorlar suhbatga fuqarolik pasporti (ID-kartasi)ning asl nusxasi bilan kelishi kerak. Belgilangan vaqtdan kechikkan talabgorlarga qayta suhbat o‘tkazilmaydi.
Ikkinchi mutaxassislikka qabul uchun suhbat NukusDPI 5-sonli o‘quv binosida (Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti) o‘tkaziladi.
Manzil: Nukus shahri, P.Seytov koʻchasi 4-uy.
Moʻljal: 26-kichik tumani.
Geolokatsiya: https://maps.app.goo.gl/wB6RCPjedZZ8Ro8DA
NukusDPI matbuot xizmati.
