Yangi o‘quv yili 1-kurslar uchun 7-sentyabrdan, yuqori kurslarga 14-sentyabrdan boshlanadi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan oliy ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va texnikumlarda yangi 2026-2027-o‘quv yilining boshlanish sanalari tasdiqlandi.
Unga ko‘ra:
– akademik litsey va texnikumlarda o‘quv jarayoni 2026-yil 2-sentyabrdan;
Oliy ta’lim tashkilotlarida o‘quv jarayoni:
– 1-kurs talabalari uchun – 2026-yil 7-sentyabrdan;
– 2-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun – 2026-yil 14-sentyabrdan boshlanadi.
NukusDPI matbuot xizmati.