Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti tyutorlari diqqatiga!

Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-oktabrdagi 656-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim tashkilotlarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom hamda tyutorlik faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, tyutorlik faoliyatini izchil rag‘batlantirish va ushbu yo‘nalishda zamonaviy mexanizmlarni joriy etish maqsadida har yili turli nominatsiyalar bo‘yicha “Eng yaxshi tyutor” tanlovi e’lon qilingan.
Shu munosabat bilan sizlarni mazkur tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz.
Tanlovda ishtirok etish tartibi va shartlari bilan quyidagi havolada keltirilgan Tanlov Nizomi orqali batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.