Mustaqillik bayrami arafasida nuroniy ustozlarning holidan xabar olindi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida bayram tadbirlari davom etmoqda.

Bugun, 26-avgust kuni institut rektori v.b. Q.Qodirov, Nuroniylar kengashi raisi B.Atashov, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi K.Gulimbetov va boshqa mas’ullar institutda ko‘p yillar davomida ilmiy-pedagogik faoliyat olib borgan, mamlakatimiz ta’lim tizimiga munosib hissa qo‘shgan bir qator nuroniy ustozlarning holidan xabar oldi.

Institut mutasaddilari ustozlarni bayram bilan tabriklab, kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan bayram sovg‘alarini topshirdi.

O‘z navbatida, bayram arafasida ko‘rsatilayotgan e’tibor uchun nuroniylar minnatdorlik bildirdi.

NukusDPI matbuot xizmati.