NukusDPI o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Muxtar Ibragimov Mustaqillik bayrami arafasida taqdirlandi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Muxtar Ibragimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida Muxtar Mamutovichning mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, ta’lim-tarbiya sohasini rivojlantirish, yosh avlodga sifatli ta’lim berish va institut faoliyatini yanada takomillashtirish yo‘lidagi samarali mehnatlari va fidokorona xizmatlari e’tirof etildi.
Institutimiz jamoasi nomidan o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Muxtar Ibragimovni samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi faoliyatida ulkan zafarlar, mustahkam sog‘lik va yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz!
NukusDPI matbuot xizmati.