Institut jamoasi uchun Toshkent shahriga sayohat tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti jamoasi uchun kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan Toshkent shahriga mazmunli va taassurotlarga boy sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida jamoa a’zolari poytaxtimizning diqqatga sazovor maskanlari, zamonaviy bunyodkorlik namunalarini tomosha qilib, tarixiy va madaniy obidalar bilan yaqindan tanishdilar.
Mazkur sayohat nafaqat xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, balki jamoa a’zolari o‘rtasida do‘stona munosabatlar, o‘zaro hamjihatlik va birdamlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Poytaxtning betakror qiyofasi, go‘zal maskanlari va boy tarixi jamoa a’zolarida unutilmas taassurotlar qoldirdi.
