Magistraturaning biologiya mutaxassisligi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturiga hujjatlar qabuli boshlandi!

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti va Qozog‘iston Respublikasi Ostona shahridagi L.N.Gumilyov nomidagi Yevrosiyo milliy universiteti 2026-2027-o‘quv yili uchun biologiya mutaxassisligi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturi doirasida magistratura bosqichida o‘qishga taklif etadi.
Hujjatlar qabuli joriy yil 5-sentyabrdan 20-sentyabrgacha institutning https://ddp.ndpi.uz platformasi orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.
Bunda siz Yevrosiyo milliy universiteti umumiy biologiya va genomika kafedrasida “7M01513 – Biologiya” mutaxassisligi bo‘yicha hamda Nukus davlat pedagogika instituti biologiya kafedrasida “70510101 – Biologiya” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bosqichida o‘qib, ikkita oliy ta’lim muassasasining diplomi bilan tugatish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
O‘qishning birinchi kursi Nukus shahrida, ikkinchi kursi Ostona shahrida tashkil etiladi.
Muhimi, bunda sizdan chet tilini bilish sertifikati talab etilmaydi.
Qo‘shma ta’lim dasturi asosida o‘qishni xohlovchi talabalar institutning Tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasiga kelib murojaat qilishlari mumkin.
Manzil: Nukus shahri P.Seytov ko‘chasi raqamsiz uy (NukusDPI 2-sonli o‘quv binosi).
Ma’lumot uchun telefon:
+998952260996
NukusDPI matbuot xizmati.