NukusDPI talabasi Jasurbek Nurullayev “Ekologik ijtimoiy loyihalar” tanlovining respublika bosqichi g‘olibi bo‘ldi

Xalqaro yoshlar ekologik qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi va Yashil tashabbuslar jamg‘armasi tomonidan “Yashil kelajak” oromgohi doirasida “Ekologik ijtimoiy loyihalar” tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Quvonarlisi, tanlovda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti tarix ta’lim yo‘nalishining 4-kurs talabasi Jasurbek Nurullayev o‘z loyihasi bilan ishtirok etib, g‘oliblar qatoridan joy oldi va 20 000 000 so‘m miqdorida grant sohibiga aylandi.
Tanlov g‘oliblari sertifikat va vaucherlar bilan taqdirlandi.
NukusDPI matbuot xizmati.
