“Mustaqillik darslari” tajribali ustozlar tomonidan o‘tilmoqda

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida yangi 2026-2027-o‘quv yili “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yarataylik!” shiori ostida tashkil etilgan “Mustaqillik darslari” bilan davom etmoqda.

Darslar yurtimizga mashhur tajribali ustozlar, nuroniy pedagoglar va taniqli ziyolilar tomonidan o‘tilmoqda.

O‘tilayotgan darslar davomida mustaqillik davrida mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirish, aholi turmush farovonligini ta’minlash, ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning ahamiyati, shuningdek, jadidchilik harakatining taniqli namoyandalari, qatag‘on qurbonlari bo‘lgan ziyoli ajdodlarimizning ezgu xizmatlari haqida yoshlarga batafsil ma’lumotlar berilmoqda.

Institutda yangi o‘quv yili doirasida “Tanishtiruv haftaligi” tadbirlari ham o‘tkazilishi belgilangan.

NukusDPI matbuot xizmati.