Tabiiy fanlar fakultetining 1-kurs talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektori v.b. Quvondiq Qodirov “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yarataylik!” shiori ostida tashkil etilgan “Mustaqillik darslari” hamda “Tanishtiruv haftaligi” doirasida Tabiiy fanlar fakultetining 1-kurs talaba-yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida talabalarga institutda yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, darslarga mas’uliyat bilan qatnashish, chuqur bilim olishga intilish, ilmiy tadqiqotlarda faol ishtirok etish muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport, madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda turli loyihalarda faol ishtirok etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

NukusDPI matbuot xizmati.