Institut Kengashining yangi o‘quv yilidagi dastlabki yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Kengashining 2026-2027-o‘quv yilidagi birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni institut rektori v.b. Quvondiq Qodirov olib bordi.
Kun tartibiga muvofiq, majlisda Kengash tarkibi a’zolarini, shuningdek, yangi o‘quv yili uchun kalendar ish rejasini tasdiqlash, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘ida belgilangan vazifalar, yangi o‘quv yilidagi o‘quv jarayonidagi o‘zgarishlar, shuningdek, joriy bir nechta masalalar ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
NukusDPI matbuot xizmati.
