Ellikqal’a fakultetida “Tanishtiruv haftaligi” yuqori tashkilotchilik bilan olib borilmoqda

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Ellikqal’a fakultetida 2026-2027-o‘quv yili “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yarataylik!” shiori ostida tashkil etilgan “Mustaqillik darslari” bilan boshlandi.
Darslar davomida talaba-yoshlarga mamlakatimizning mustaqillik yillaridagi taraqqiyoti, amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi.
Yangi o‘quv yili doirasida fakultetda “Tanishtiruv haftaligi” tadbirlari davom etmoqda.
