Ishchi guruh a’zolari talabalar turar joylarida o‘rganish ishlarini olib bordi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi Qo‘riqlash boshqarmasi, Kadastr agentligi va boshqa hamkor tashkilotlar mas’ullaridan tuzilgan ishchi guruh a’zolari Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti talabalar turar joylarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
O‘rganish jarayonida talabalarning xavfsizligini ta’minlash, ularga munosib sharoitlar yaratish borasidagi amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, o‘rnatilgan uskunalarning holati ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha mutasaddilarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
NukusDPI matbuot xizmati.
