Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi yoshlar uchun voleybol bo‘yicha musobaqa tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti 1-sonli talabalar turar joyida yashovchi talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va ular orasida sport hamda sog‘lomlashtirish tadbirlarini targ‘ib qilish maqsadida voleybol bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Musobaqada talaba-qizlar jamoalarga bo‘lingan holda sport mahoratlarini namoyish etishga harakat qildi.

Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, institut sport klubi hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan rag‘batlantirildi.

Shuningdek, sport klubi tomonidan talabalar turar joyi uchun sport anjomlari sovg‘a qilindi.

NukusDPI matbuot xizmati.