Talabalarga innovatsion loyihalar va “Work and travel” dasturlari haqida ma’lumot berildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti tomonidan davlat-xususiy sherikchilik asosida faoliyat yuritayotgan institutning 2-sonli talabalar turar joyida yashovchi talabalar uchun uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda institutning iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Q.Tashanov startap, ilmiy-innovatsion yo‘nalishdagi loyihalar, davlat va ichki stipendiyalar, shuningdek, boshqa tanlovlar haqida ma’lumot bergan bo‘lsa, fakultetning biologiya ta’lim yo‘nalishining 4-kurs talabasi, “Work and travel” dasturi bilan Bolgariya davlatida bo‘lib qaytgan E.Onalbayeva yozgi ta’til davrida xorijda ishlash va sayohat qilish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
NukusDPI matbuot xizmati.
